Xo‘jaobod tumani IIB xodimlari tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘layotgan yo‘l transport hodisalarini oldini olish, jinoyatchilikni keskin kamaytirish hamda aholi o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni keng tatbiq qilish maqsadida Xo‘jaobod tumani Karnaychi MFY fuqarolari o‘rtasida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muhokamada tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi boshlig‘i Nodirbek Sodikov, yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Xayrullo Abdullayevlar yig‘ilganlarga atroflicha tushunchalar berib o‘tdi. Xususan, sodir etilayotgan xar qanday jinoyat uchun jazoning muqarrarligi taʼminlanishi, fuqarolar ham jinoyat qurboniga aylanib qolmasliklari uchun hamisha hushyor va ogoh bo‘lishlari shart ekanligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
O‘z navbatida fuqarolar tomonidan maktab hududi yaqinidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida piyodalar uchun zebra chiziqlari chizish to‘g‘risida qilingan murojaatlari ijobiy xal qilindi.
Bu kabi muhokama yig‘ilishlari joylarda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati