13 Iyun 2023 yil 394

Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi masʼullari tomonidan ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar muhokama qilindi

Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilishning asosiy maqsadi jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishdan iboratdir.

Ayni shu maqsadda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi masʼullari tomonidan joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilindi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, IIB vakillari, MFY raislari, ularning xotin-qizlar bo‘yicha yordamchilari ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishda ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga sabab bo‘layotgan omillar tub ildizigacha tahlil qilinib, hamkorlikda olib borilishi zarur bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech