17 Yanvar 2023 yil 1494

Xo‘jaobod tumanida fohishaxona saqlagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yilning 9-yanvar kuni soat 17:30 larda Xo‘jaobod tumani IIB Jinoyat qidiruv guruhi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Xo‘jaobod tumani, Mustaqillikning 30 yiligi MFYda yashovchi Z.U 300.000 so‘m pullar evaziga xolis mijozlarni jinsiy aloqa qilishlari uchun yashash xonadonida sharoit yaratib berganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida 300.000 so‘m pullar olindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech