28 Iyul 2022 yil 570

Xo‘jaobod tumanida ham taqiqlangan dorilarni sotish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro ushlandi

2022 yil 25 iyul kuni, Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Xo‘jaobod tumanida yashovchi erkak fuqaro X.A o‘zi yashab turgan mahalla hududida yoni ko‘zdan kechirilganida, qo‘lida bo‘lgan sumkasida 14 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasi borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech