11 Dekabr 2021 yil 380

Xo‘jaobod tumanida huquq-tartibot organlarining hamkorligida pirotexnika vositalari aniqlandi

2021-yil 10-dekabr kuni soat 23:50larda DXX Xo‘jaobod tuman bo‘limi, Xo‘jaobod tumani IIB hamda Andijon viloyati IIB PPXvaJTSB Karantin guruhi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-tadbir natijasida Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro T.I o‘ziga tegishli bo‘lgan 46 blok yaʼni 27 ming 600 dona “Britanik" va “Noviy vek” nomli pirotexnika vositalarini shu tumanda istiqomat qiluvchi I.B.ning yashash xonadonida saqlab kelayotganligi aniqlandi. Ushbu pirotexnika vositalari daliliy ashyo sifatida IIB ixtiyoriga olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmokda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech