Xo‘jaobod tumanida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda tuman hokimi O‘. Shukurov, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari I. Fayzullayev, tuman IIB boshlig‘i R. Jaloldinov hamda tumandagi barcha mahallalarning raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.
Masʼullar tomonidan jinoyatchilikni oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mahallalardagi beshlik aʼzolariga zarur taklif va tavsiyalar berildi.
"Mahallabay" ishlash jarayonida hududdagi har bir xonadondagi vaziyatdan doimiy xabardor bo‘lish, fuqarolarni ish bilan taʼminlash va muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasida muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati