20 Dekabr 2021 yil
506
Xo‘jaobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar turkumiga kiruvchi dori vositalarini sotgan fuqaro ushlandi
2021-yil 16-dekabr kuni tuman IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbiri davomida Andijon tumanida yashovchi fuqaro M.E 600.000 so‘m pullar evaziga sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra kuchli taʼsir qiluvchi moddalar turkumiga kiruvchi 40 dona “Lirika 300 mg” kapsulalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati