7 Dekabr 2021 yil
610
Xo‘jaobod tumanida kuchli taʼsir qiluvchi “Tropikamid” dori vositalarini sotgan fuqaro qo‘lga olindi
2021-yilning 20-noyabr kuni Xo‘jaobod tumani IIB va DXX Xo‘jaobod tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu tumanda yashovchi fuqaro N.N. Andijon tumani, Kamolot MFY, Kamolot ko‘chasida xolis xaridorga 3.720.000 so‘mga jami 60 dona kuchli taʼsir qiluvchi “Tropikamid” nomli dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, undan 60 dona “Tropikamid” dori vositalari daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati