27 Avgust 2022 yil 354

Xoʻjaobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar qoʻlga olindi

Joriy yilning 25-avgust kuni Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Xoʻjaobod tumani hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Xoʻjaobod tumanida yashovchi 1997-yilda tugʻilgan erkak fuqaro T.J hamda uning sherigi Asaka tumanida yashovchi, Asaka tumani hududida joylashgan AJga qarashli Dorixona mudiri boʻlib ishlovchi 1987-yilda tugʻilgan erkak fuqaro S.Jlar birgalikda, xolis xaridorga jami 994 dona “Lirika” kuchli taʼsir etuvchi dori vositasini 1700 AQSH dollariga sotayotganida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro S.Jga tegishli Dorixona omborida noqonuniy saqlab kelayotgan 3010 dona “Lirika” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xoʻjaobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech