16 Iyun 2022 yil 469

Xonadonda sodir etilgan o‘g‘irlik Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan fosh etildi

Joriy yilning 10 iyun kuni Asaka tumani “Do‘stlik” MFY da yashovchi M.A IIBga xabar berib, o‘zining yashash xonadonidan 2300 AQSH dollari, 3200 Rossiya rubli hamda 13 200 000 so‘m pullarini nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab olib chiqib ketilganligini maʼlum qilgan.

O‘g‘irlik holati yuzasidan Asaka tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Asaka tumani IIB tezkor-tergov guruhi tarkibida tuman EKG katta eksperti tomonidan hodisa joyidan qo‘l barmoq izlari aniqlanib olingan.

Olingan qo‘l barmoq izlari Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazining Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan solishtirib tekshirilganida qo‘l barmoq izlari, Shahrixon tumani “Yakkatut” MFYda yashovchi I.M ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlanib, gumondorni yashash xonadonidan o‘g‘irlangan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olindi.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech