Xonobod shahar hokimi va shahar IIB boshlig‘i profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bugun 9 sentyabr kuni Xonobod shahar hokimi M.Tajibayev va shahar IIB boshlig‘i F.Maxsudovlar tumanda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda profilaktika inspektorlari tomonidan kundalik xizmat faoliyatida zarur bo‘ladigan vositalar, xususan, xizmat xonasi, mebel va moddiy-texnik bazasini yana-da yaxshilash yuzasidan takliflar bildirildi.
Shu kuni profilaktika inspektorlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida ularning tuman hokimligi tomonidan kompyuter jamlanmasi topshirildi.
Tadbir yakunida mutasaddi xodimlarga, profilaktika inspektorlari tomonidan bildirilgan ko‘plab takliflari asosida mavjud kamchilik va muammolarni bosqichma-bosqich izchillik bilan amalga oshirish yuzasidan zarur vazifalar yuklanib, ijrosi yuzasidan aniq muddat belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati