27 Iyul 2022 yil 523

Xonobod shahar IIB boshlig‘i va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Maʼlumki, iyul oyi Andijonda «Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi» deb eʼlon qilindi.

Xonobod shahar 3-sektor rahbari IIB boshlig‘i F.Maksudov sektor hududida istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga sektor rahbarlari tomonidan javoblar olishdi.

Uchrashuv davomida band bo‘lmagan yoshlarni ishga joylashtirish, moddiy yordam masalasi hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha tavsiya va tushunchalar berib o‘tdilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech