16 Sentyabr 2022 yil 677

Xonobod shahar IIB xodimlari tomonidan qo‘shmachilik faoliyatiga chek qo‘yildi  

2022-yilning 13-sentyabr kuni Xonobod shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro E.X 300 000 so‘m miqdoridagi pullar evaziga, Xonobod shahar Xontog‘ MFY adirliklarida joylashgan “Dam olish maskani”da o‘ziga notanish bo‘lgan erkak va ayolni jinsiy aloqa qilib dam olishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi hamda  undan 300 000 so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida olindi.  

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: