9 Sentyabr 2022 yil
456
Xonobod shahrida “gashish” moddasini pullayotgan shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 5 sentyabr kuni soat 01:00lar chamasida Xonobod shahar IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1991 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan erkak fuqaro Sh.S o‘zini shubhali tutganligi sababli Xonobod shahar hududida to‘xtatilib uning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida qo‘l telefoni g‘ilofi orasida og‘irligi 0,40 gramm “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan fuqaro Sh.Sga nisbatan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati