29 Iyul 2022 yil
374
Xonobod shahrida "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" munosabati bilan qator ishlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining ko‘rsatmasi yuzasidan Xonobod shahar IIB boshlig‘i F.Maksudov tashkil etilgan ishchi guruhga ko‘rsatma va tushunchalar berdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, korxona, tashkilot, muassasalar va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”da ijobiy ishlar amalga oshirildi. Joylar va mahallalarda aholi vakillari bilan jinoyatchilikni oldini olish borasidagi profilaktik suhbatlar olib borildi. Bemor fuqarolarga tibbiy yordamlar ko‘rsatildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati