8 Iyun 2023 yil
462
Xonobod shahrida probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar uchun sayyor sud majlisi o‘tkazildi
Andijon viloyatining Xonobod shahrida Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonobod shahar sudi hamda Xonobod shahar IIB JXX probatsiya guruhi hamkorligida sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Unda probatsiya guruhi hisobida turgan bir guruh shaxslar muddatidan oldin shartli ravishda ozod etilgan bo‘lsa, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxsning jazosi og‘irroq turdagi jazoga almashtirilishi taʼminlandi.
Hozirda bu kabi hamkorlikdagi sayyor sud majlislarining o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati