"Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish hamda gender tengligini taʼminlash" mavzusida uquv amaliy seminar tashkil etildi
Andijon viloyati IIB hamda Andijon shahar hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda "Xotin-qizlarning ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish hamda gender tengligini taʼminlash" mavzusida bir qator hamkor tashkilotlar hamda psixolog Madina Mamajonova va siyosiy partiyalar ishtirokida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar doirasida mavzu yuzasidan siyosiy fanlar doktori X.Jo‘rabekova oiladagi munosabatlar to‘g‘risida maʼruza qildi. Shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolarini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha mayor B.Mirzayeva o‘zing reja dasturi bilan tanishtirib, oilalarda sog‘lom muhitni yaratish hamda ishsiz qatlamini bandligini taʼminlash yuzasidan maʼruza qildi.
Seminarning ikkinchi qismi Andijon shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida davom ettirilib, ishtirokchilar markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati