"Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida IIV Andijon akademik litseyi jamoasi tomonidan daraxt ekish ishlari olib borilmoqda
Joriy yilning 2-noyabr kuni Davlatimiz rahbari yurtimizning shahar va tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha "dolzarb 40 kunlik" eʼlon qilinishini maʼlum qilgan edi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida IIV Andijon akademik litseyi jamoasi ham ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va butalarni muhofaza qilish hamda yashil maydonlarni kengaytirishda o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.
Xususan, akademik litsey hududiga ko‘plab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bu kabi xayrli ishlar hozirda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati