1 Mart 2023 yil 422

Yo‘l harakati intizomi - bolalikdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabr kungi “O‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-407-son Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xo‘jaobod tumanidagi 17-kar bolalar davlat taʼlim muassasasida Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan muassasada tarbiyalanayotgan o‘quvchilar uchun “Yo‘l harakati intizomi - bolalikdan boshlanadi” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan bu kabi targ‘ibot tadbirlari boshqa taʼlim muassasalarida ham davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech