“Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar ishtirokida psixologik seminar-trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 13 iyundagi “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 141-sonli farmoyishiga asosan, Andijon Davlat Universiteti psixologi Muhtarov Otabek Shuhratjanovich ishtirokida, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar bilan psixologik seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda yosh xodimlar xizmat davomida duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni psixologik tomondan hal qilish usullari va yo‘llari interfaol tarzda tushuntirildi.
Shuningdek, yoshlar orasida keng tarqalib borayotgan “psixotrop moddalar” va “totalizator o‘yinlar”iga qaram bo‘lib qolish va ushbu illatlarning yoshlar ongiga, sog‘ligiga jiddiy ziyon keltirishi natijasida ularning ortidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar bir-qancha misollar orqali keltirib o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati