“Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari muzeyga sayohat qildilar
Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan yosh xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, “Yoshlar oyligi” doirasida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlarning Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyiga sayohati tashkil etildi.
Unda xodimlar O‘rta Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.
Bir so‘z bilan aytganda muzeyga sayohat yosh xodimlarda katta taassurot qoldirib, ulardagi vatanparvarlik tuyg‘usini yana-da oshishiga xizmat qildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati