26 Iyun 2023 yil 369

“Yoshlar oyligi” doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 1-iyundagi “Ichki ishlar organlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 157-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash, shuningdek, yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish maqsadida, yosh xodimlar o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘tkazilgan musobaqa natijasiga ko‘ra, Shahrixon tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori katta leytenant Ortiqov Islomjon Yuldashali o‘g‘li 3-o‘rinni, Qo‘rg‘ontepa tumani IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi leytenant Shokirov Rustamjon Abduxalim o‘g‘li 2-o‘rinni, Jalaquduq tumani IIB 1-son ichki ishlar bo‘linmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori leytenant Maxmudov Mirjalol Muydin o‘g‘li esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasihamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech