20 Aprel 2023 yil 754

Yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib qolmasligini oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 18-aprel kuni Andijon viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi Mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi xodimlari tomonidan Andijon mashinasozlik instituti qoshidagi akademik litseyida o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida yoshlarni diniy ekstremizm yot g‘oyalari taʼsiriga tushib qolmasligini oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar bugungi o‘ta rivojlangan globallashuv va axborot almashinuvi davrida diniy-ekstremistik g‘oyalarni tarqatish orqali boylik orttirishni, turli siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan ayrim toifalar tomonidan internet tarmog‘ida odam savdosi, giyohvandlik, terrorizm va diniy ekstremizmni targ‘ib etishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalar keng tarqatilayotganligini hayotiy misollar yordamida aytib o‘tdilar.

Shuningdek, ana shunday murakkab bir davrda yurtimiz yoshlarini diniy ekstremistik hamda turli yot g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari taʼsiridan asrash jamiyatimiz, ziyolilar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanishi ham taʼkidlandi.

Davra suhbati davomida bir guruh yoshlarni diniy ekstremistik yot g‘oyalarga aldanib qolib, achchiq pushaymonligi aks etgan taʼsirchan videorolik namoyish etildi.

Tadbirdada ishtirok etganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.

Hozirda bu kabi targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech