Yoshlarni ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
Andijon viloyati IIB hamda Xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida voyaga yetmagan va yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish, o‘quvchilar o‘rtasida milliy vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, ularning ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 20 oktyabr kuni Andijon shahar xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 11-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida ham aynan shu mavzuda o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati, yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori katta leytenant M.Z.Axmedov so‘zga chiqib, yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda jinoyatchiligini oldini olishda ustuvor vazifalar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, o‘quvchi yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tayyorlangan ibratli videolavha namoyish etildi. Tadbir davomida so‘z olgan ichki ishlar faxriysi podpolkovnik D.Xamidov yoshlarga o‘zining o‘gitlari, nasihatlarini berib, yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berib o‘tdi.
Tadbir yakunida o‘qishdagi aʼlo natijalari va namunali hulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘quvchilarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati