20 Iyun 2020 yil 1181

“YouTube” ijtimoiy tarmog‘ida joylangan videomurojaat bo‘yicha rasmiy munosabat

2020 yil 20 iyun  "YouTube" ijtimoiy tarmog‘iga “Andijonda 11 nafar IIB xodimlari o‘zlari ishqiy munosabatda bo‘lgan ovsunlarining turmush o‘rtog‘i va qaynukasini do‘pposladi!, ishni bosti-bosti qilish evaziga yangi uy, pul va mashina olib chiqib berishni taklif qilishdi!” sarlavxasi ostida videomurojaat joylashtirilgan. 2020 yil 20 iyun'  «YouTube» ijtimoiy tarmog‘iga “Andijonda 11 nafar IIB xodimlari o‘zlari ishqiy munosabatda bo‘lgan ovsunlarining turmush o‘rtog‘i va qaynukasini do‘pposladi!, ishni bosti-bosti qilish evaziga yangi uy, pul va mashina olib chiqib berishni taklif qilishdi!” sarlavxasi ostida videomurojaat joylashtirilgan. Ushbu videomurojaatda Andijon tumanida yashovchi fuqaro J.P va uning oila a'zolari bilan suhbat o‘tkazilgan.

Suhbat davomida fuqaro J.P Andijon tumani profilaktika inspektori   Q.D  akasi fuqaro O.O‘.ning turmush o‘rtog‘i O.R bilan noo‘rin ishqiy munosabatda bo‘lib yurganligini bilib qolganligini, buning oqibatida akasi O.O‘.ning oilasi buzilib ketganligi, shu sababli profilaktika inspektori bilan o‘rtalarida turli kelishmovchiliklar va nizolar kelib chiqqanligini hamda shu holat bilan bog‘liq bo‘lgan  muammolarni bayon qilgan.  Mazkur holat Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi.

Ushbu holatlar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida profilaktika  inspektori Q.D va fuqaro O.R.ning o‘rtalarida noo‘rin munosabatlar bo‘lganligi asosli dalillar bilan to‘la tasdiqlanmagan. Ammo  profilaktika inspektori o‘zining harakatlari bilan fuqarolarda shubha va gumonlarni keltirib chiqarib, shikoyatlar kelib tushishiga sabab bo‘lganligi uchun xizmat tekshiruvi xulosasi  yakuni bo‘yicha unga “Hayfsan” intizomiy jazosi berilgan. 

Bundan tashqari 2020 yil 27 aprel' kuni profilaktika inspektori Q.D  o‘ziga biriktirilgan xududda xizmat vazifasini bajarib yurgan vaqtida   fuqarolar O‘.O va J.P.lar uning yo‘lini to‘sishib, u bilan o‘zaro   janjallashganlar. Ushbu holat bo‘yicha profilaktika inspektori Q.D tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojat qilgan bo‘lib, uning bildirgisi 27.04.2020 yil kuni tuman IIB kotibiyatining hujjatlarni kirim qilish kitobidan №197-raqami bilan ro‘yxatga olingan.

Mazkur janjal holati bo‘yicha fuqarolar O‘.O va uning ukasi fuqaro P.J.lar tuman IIB xodimlari tomonidan Andijon tumani IIB 10-sonli IIBga olib borilib, IIBdagi “ichki ishlar idoralariga olib kelingan shaxslarni hisobga olish kitobi”ga 27.04.2020 yil kuni soat 19:00da olib kelinib, shu kuni soat 21:30da qo‘yib yuborilganligi to‘g‘risida ro‘yxatga olingan.  Shu kuni fuqarolar O‘.O va J.P.lar 10-sonli IIBga olib kelingan vaqtning o‘zidayoq tez tibbiy yordam shifokorlari chaqirtirilib, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. IIB kelgan shifokor I.R.Abduraxmonov tomonidan 2020 yil 27 aprel' kuni berilgan 10-sonli ma'lumotnomaga ko‘ra fuqaro J.P.ning o‘ng qovoq pastki soxasida ko‘karish,  chap va o‘ng yelka soxalarida, bilak qismida shilinmalar borligi, fuqaro O‘.O.da hech qanday jarohatlar mavjud emasligi va shikoyati yo‘qligi ma'lum bo‘lgan. 

Shuningdek, 2020 yil 27 aprel' kuni  Andijon viloyati IIB YHXB YPX 3-safarbarlik guruhi inspektori T.Sh tomonidan fuqaro J.P.ning “Neksiya” rusumli, 60 306TTE raqamli avtomashinasi tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligi uchun unga nisbatan UZ-19-seriyali 60-248409-raqamli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Mazkur holat bo‘yicha Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va Jinoyat qidiruv boshqarmalari hamkorligida xizmat tekshiruvchi o‘tkazilib, 27.05.2020 yil kungi xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra profilaktika inspektori Q.D.ga “Qattiq hayfsan” intizomiy jazosi e'lon qilinib, kelgusida uni xizmat faoliyatini boshqa tuman IIBda davom ettirish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligiga taklif kiritish masalasini ko‘rib chiqish viloyat IIB HPB va Andijon tumani IIB raxbariyati zimmasiga yuklatilgan. 

 Xizmat tekshiruv davomida to‘plangan hujjatlarni asli fuqarolar O‘.O, J.P va profilaktika inspektori Q.D ning harakatlariga huquqiy baho berishlik uchun Andijon tumani prokuraturasiga yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, yakuniga ko‘ra 28.05.2020 yil kuni jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan. 


Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech