19 Avgust 2023 yil 252

Yurtimizda 30-iyuldan 30-avgustga qadar oʻtkazilishi belgilangan “Obodonlashtirish oyligi“da Andijon viloyati IIB xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar

Shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida Andijon viloyati IIB apparati hamda boshqa sohaviy xizmat xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Jarayonda xodimlar tomonidan binolarning atrofi, ko‘chalar obodonlashtirilib, ekin yerlari begona o‘tlardan tozalandi. Mevali va manzarali daraxtlarga shakl berilib, oqlandi.

Bir so‘z bilan aytganda jarayonlarda barcha xodimlar sidqidildan mehnat qilib, oylik doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech