O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev rahbarligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida o‘rganish ishlarini olib bordi
Dastavval, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga borilib, avtotransport vositalarini texnik holatlari, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlari o‘rganilib, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan boshqarma boshlig‘ining taqdimoti tinglandi.
Shundan so‘ng, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining yangi binosi ochilish marosimi o‘tkazilib, markazda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
Keyingi manzil, Andijon shahar “O‘zbegim” MFY faoliyati o‘rganilib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yilda qilinadigan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishildi.
Shundan so‘ng, viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmatining Monitoring qilish va muvofiqlashtirish markazi faoliyati o‘rganilib, markazning ish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Keyingi manzil, viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘lib, unda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishilib, tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati