O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami oldidan Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining joriy yilning 6-avgust kungi 250-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar vazirligi tizimida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari dasturining tegishli bandi ijrosini shuningdek, shaxsiy tarkibning formali kiyim boshlarini o‘rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etishlarini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov ishtirok etib, xodimlar tomonidan joylarda o‘tkaziladigan bayram sayllarida jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini taʼminlashda alohida jonbozlik ko‘rsatishlari zarurligi hamda xizmat intizomi va qonuniylikka qatʼiy amal qilishlari bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Saf ko‘rigida shaxsiy tarkibni Vazirlikning 2019-yil 8-avgustdagi “Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 232-son buyrug‘ida belgilangan formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalariga amal qilishlari, tashqi ko‘rinishi, xizmat guvohnomasi, Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi mavjudligi hamda ularning saf tayorgarlik darajasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Saf ko‘rigi guruhlar tartibida tantanali yurish bilan yakunlandi. Aytib o‘tish joizki, o‘tkazilayotgan bu kabi saf ko‘riklari ichki ishlar organlari xodimlarini xar tomonlama turli vaziyatlarda xizmatga shay turishlarini taʼminlaydi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati