25 Sentyabr 2025 yil 66

O‘zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi tashabbusi bilan Andijon davlat universitetida “Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruhi tashabbusi bilan Andijon davlat universitetida “Xotin-qizlar va voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida talaba-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir avvalida ishtirokchilarga mavzuga oid tayyorlangan ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim boshlig‘i D.Xudoyberganova tomonidan xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar hamda jinoyatlarning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari N. Mo‘minova tomonidan ham ishtirokchilarga tazyiq va zo‘ravonlik tushunchasi, uning turlari, ko‘rinishlari hamda ularning ijtimoiy-psixologik oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar etkazildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning mavzuga oid taklif va tashabbuslari tinglandi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari va maktablarga psixologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni biriktirish, tuman markazlarida psixologik markazlar tashkil etish kabi dolzarb va amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech