O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Andijon davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti o‘rtasida O‘zbekistonda kriminologiya va pedagogika sohasidagi ilmiy maktabining ijodiy integratsiyasini ta’minlash maqsadida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Institut boshlig‘i B.E. Berdialiyev va universiteti rektori B.B.Akbaraliyevlar kelgusida: pedagogika va kriminologiya sohasida o‘zaro hamkorlikda ilmiy tadbirlar: konferensiya, seminar, davra suhbati kabilarni tashkil etish, tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, pedagogik va kriminologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha chop etilgan ilmiy, uslubiy va o‘quv nashrlarini o‘zaro almashish, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlarini birgalikda olish, ular hisobidan qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish, tashkilotlarning mavjud ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish imkoniyatlarini yaratish, xodimlarni o‘zaro ilmiy stajirovkalarga yuborish ishlarini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, talabalar bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv-muloqot ham o‘tkazilib, tadbirda yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati