O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi talablaridan kelib chiqib Asaka tumanida probatsiya hisobidagi shaxslar, muqaddam sudlanganlar va nizoli oilalarning muammolarini hal etishga qaratilgan sayyor qabul tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori ijrosi talablaridan kelib chiqib, joriy yilning 18-mart kuni Andijon viloyatining Asaka tumanida, viloyat prokurori Murodillo Abduhakimov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Djabarovlar tomonidan probatsiya hisobidagi shaxslar, muqaddam sudlanganlar, nizoli oilalarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda 50 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit olish, ishga joylashish, yer ajratish va boshqa ijtimoiy masalalardagi aksariyat murojaatlar joyida ijobihalal etildi.
Murojaatlarning har biri mutasaddi idoralar vakillari tomonidan o‘rganib chiqilib, yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, ko‘plab fuqarolar mavjud muammolarining ijobiy hal qilinishi ortida muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan odilona siyosati yotganligini mamnuniyat bilaizhoror etdilar.
Bu kabi sayyor qabullarning tashkil etilishi Andijon viloyatining boshqa shahar-tumanlarida ham davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati