O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Andijon shahrida ichkilik oqibatida sodir etilgan jinoyat sabablari keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi
Andijon viloyati prokurori Murodillo Abduhakimov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Djabarovlar raisligida bo‘lib o‘tgan muhokamada Andijon shahar hokimi, huquq-tartibot organlari rahbarlari, tashkilot-muassasalar mas’ullari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida, mastlik oqibatida sodir etilgan jinoyat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazilib, ushbu jinoyatning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratgan omillar tub ildizigacha tahlillar asosida tanqidiy muhokama qilindi.
Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatni sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ullarga belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi aytib o‘tildi.
Muhokama yig‘ilishida “mahalla yettiligi” a’zolari, ta’lim muassasasi mas’ullari tomonidan ushbu sodir etilgan ayanchli holatdan o‘zlariga yetarlichaxulosaa chiqargan holda kelgusida bunday jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, o‘tkazilgan muhokamada bugungi kunda keng tus olayotgan kibefiribgarlik hususida ham atroflicha so‘z yuritildi. Bugungi kunda fuqarolarning ushbu turdagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolishlarida ularning ishonuvchanligi sabab bo‘layotganligi keskin tanqid ostiga olinib, barcha ogohlikka chaqirildi.
Tadbir yakunida kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati