27 May 2025 yil 2098

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Baliqchi tumanida ichkilik oqibatida sodir etilgan jinoyat sabablari keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilindi

Andijon viloyati prokurori Murodillo Abduhakimov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Djabarovlar raisligida bo‘lib o‘tgan muhokamada Baliqchi tumani  hokimi, huquq-tartibot organlari rahbarlari, tashkilot-muassasalar mas’ullari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, Baliqchi tumani, Mallachek mahallasi hududida mastlik oqibatida sodir etilgan jinoyat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazilib, ushbu  jinoyatning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratgan omillar tub ildizigacha tahlillar asosida tanqidiy muhokama qilindi.

Oldini olish mumkin bo‘lgan ushbu jinoyatni sodir etilishiga yo‘l qo‘ygan barcha mas’ullarga belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, tumanda “Tig‘” profilaktik tadbirlari sust darajada o‘tkazilayotganligi, bunga mas’ul bo‘lganlar tomonidan ish talab darajasida tashkil etilmaganligi  ham tanqid ostiga olinib, bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Muhokama yig‘ilishida “mahalla yettiligi” a’zolari va boshqa mas’ullar tomonidan ushbu sodir etilgan ayanchli holatdan o‘zlariga yetarlicha xulosa chiqargan holda kelgusida bunday jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.  

Shuningdek, o‘tkazilgan muhokamada bugungi kunda keng tus olayotgan kibefiribgarlik xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.  Bugungi kunda fuqarolarning ushbu turdagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolishlarida ularning ishonuvchanligi sabab bo‘layotganligi keskin tanqid ostiga olinib, barcha ogohlikka chaqirildi. 

Tadbir yakunida kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech