21 May 2025 yil 2945

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi 70-sonli Farmoni imzolandi. 

115 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) ommaviy savdolarga chiqariladi;

· 659 ta ko‘chmas mulk obyekti ommaviy savdolarga chiqariladi;

· 6100 gektar yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi;

· 30 ta asosiy turdagi foydali qazilma kon va uchastkalari qazib olish uchun foydalanish huquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

Iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

2030-yil 1-yanvarga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarni (mudofaa va xavfsizlik bilan bog‘liq korxonalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) tashkil etishga moratoriy joriy qilinadi. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ko‘chmas mulk sotib olish, davlat funksiyasiga va davlat mulkiga egalik qilish mezonlariga mos bo‘lmagan korxonalarni tashkil etish tashabbusi bilan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi, bozorlar va savdo majmualari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtirok etishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;

 Maydoni 10 ming kv.m.gacha bo‘lgan davlat mulki obyektlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartib asosida yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekin foydalanishga beriladi hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda ushbu tadbirkorlik subyektlariga baholangan qiymatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotiladi;

boshlang‘ich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llangandan keyin ham bir yildan ortiq muddatda sotilmagan va xaridorlar uchun jozibador bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga ulush sifatida kiritiladi;

 Ochiq elektron onlayn auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida sotib olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari (agar ular realizatsiya qilinganidan keyin tasdiqlangan bosh reja, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa hujjatlarga muvofiq bo‘lsa va yer ijara shartnomasida boshqa shartlar nazarda tutilmagan bo‘lsa) to‘lovlar to‘liq to‘langanidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari tomonidan xususiylashtirilishiga yo‘l qo‘yiladi;

 mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari, ustuvor ravishda, faoliyatini kengaytirish istagida va tayyor loyihasi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari taklif bildirgan joylardan tanlanadi

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:

 ijara shartnomasi tuzilgan kundan boshlab ijaraga oluvchi tomonidan yillik ijara to‘lovlari bir oy davomida to‘langan taqdirda, unga yillik ijara summasidan mazkur shartnoma tuzilgan sanadagi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi (bundan chegirma qo‘llamaslik sharti bilan ijaraga berilgan, bir yildan kam muddatga tuzilgan va boshqa imtiyozlar qo‘llangan ijara shartnomalari mustasno);

olti oy davomida elektron onlayn auksion savdolarida ijaraga berilmagan obyektlarning boshlang‘ich narxi 50 foiz pasaytirilgan qiymatda belgilanadi. Bunda, boshlang‘ich narx pasaytirilganda ham ijaraga berilmasa, ushbu auksion unda bir ishtirokchi qatnashgan taqdirda ham, istisno tariqasida, o‘tkazilgan deb hisoblanadi;

Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar, tuman va shahar markazlaridagi davlat tashkilotlari va davlat ishtirokidagi korxonalar ma’muriy binolarining birinchi qavati bo‘shatilib, elektron onlayn auksion orqali tadbirkorlik subyektlariga savdo va servis obyektlarini tashkil etish uchun ijaraga beriladi.

 Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari hamda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari arizasi asosida sotilgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘larning boshlang‘ich narxidan oshgan qismining 10 foizi tegishlicha Savdo-sanoat palatasiga yoki hokim yordamchilarini rag‘batlantirish uchun tegishli jamg‘armaga va obyekt joylashgan mahalla fuqarolar yig‘iniga teng ulushlarda o‘tkazib beriladi;

 ommaviy savdolarda ikki oydan ortiq muddatda sotilmagan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini (Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlaridagi obyektlar bundan mustasno) sotishni jadallashtirish maqsadida, “E-auksion” elektron savdo platformasida akkreditatsiyadan o‘tgan rieltorlik tashkilotlari Davaktiv agentligi tomonidan xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida jalb etiladi;

 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab egasiz ko‘chmas mulk obyektlarini davlat mulki obyekti sifatida davlat ro‘yxatiga olish bo‘yicha murojaatlar tegishli sudga Davlat aktivlari agentligi tomonidan kiritiladi.

 “Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ Andijon viloyati hududiy vakili Jamshidbek ISROILOV,

Text to speech