O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qaroridan kelib chiqib, Andijon viloyatining Shahrixon tumanida sodir etilgan jinoyat yuzasidan tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarorida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, Shahrixon tumanida qarindoshlar o‘rtasida oilaviy kelishmovchilik oqibatida sodir etilgan qotillik jinoyatiga sabab bo‘lgan omillar keng jamoatchilik o‘rtasida tanqidiy muhokama qilindi.
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov raisligida bo‘lib o‘tgan muhokamada tumandagi huquq-tartibot organlari rahbarlari,tashkilot-muassasalar mas’ullari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘z olganlar tomonidan sodir etilgan noxush holat sabablari va uning oqibatlari jamoatchilikka atroflicha yetkazilib, ushbu jinoyatning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratgan omillar tub ildizigacha muhokama etildi.
O‘z ishiga mas’uliyatsizliz bilan yondashgan mas’ul idora va tashkilotlarga belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi ham ta’kidlab o‘tildi.
Muhokama yig‘ilishida “mahalla yettiligi” a’zolari hamda boshqa mas’ullar tomonidan ushbu sodir etilgan ayanchli holatdan o‘zlariga yetarlicha xulosa chiqargan holda kelgusida bunday jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, muhokama yig‘ilishida bugungi kunda keng avj olayotgan kiberjinoyatchilik xususida ham atroflicha so‘z yuritildi. Fuqarolarning ushbu turdagi jinoyatlar qurboniga aylanib qolishlarida aksariyat hollarda ularning ishonuvchanligi sabab bo‘layotganligi to‘g‘risida aniq misollar keltirilib, barcha ogohlik va hushyorlikka chaqirildi.
Muhokama yig‘ilishi yakunida sodir etilgan jinoyatning kelib chiqish sabablari va uning salbiy oqibatlarini tadbirda ishtirok etganlarning barchasi oila a’zolari, qarindosh urug‘lari hamda tanish-bilishlariga ibrat olish maqsadida yetkazishlari kerakligi aytilib,bu borada tegishli mutasaddilarga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati