25 Sentyabr 2024 yil 2817

"O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganidan xabardormisiz?

2024-yil 28-avgust kuni "O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi O‘RQ-949-son Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining MJtKga pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab  chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik  va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Alohida eʼtibor, MJtKning 248-moddasiga kiritilgan qo‘shimchalarga asosan, ichki ishlar organlari nomidan ushbu kodeksning 185 prim 1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari va inspektorlari maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzish vakolati berildi.

Jumladan, MJtKning 185 prim 1-moddasida “Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish,- huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy xisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, - huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy xisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, - huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy xisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi” mazmunda belgilandi.

Hurmatli yurtdoshlar, qonun talablariga rioya qilmaslik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishidan ogohlantiramiz!

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi 

Text to speech