29 Dekabr 2023 yil 3460

O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining Andijon viloyati bo‘limining 2023-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Voleybol federatsiyasining Andijon viloyati bo‘limi raisining 1-o‘rinbosari I.Ismanov, viloyat hokimligi kotibiyat mudiri E.Xolmirzayev hamda tegishli mutasaddi va manfaatdor tashkilotlarning vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab, yil davomida respublika va xalqaro musobaqalarda yaxshi natijalarga erishgan sportchi va murabbiylar, shuningdek, viloyatda voleybolni rivojlantirishga o‘zining hissasini qo‘shib kelayotggan tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlarining rahbarlari tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shundan keyin kun tartibidagi asosiy masala federatsiya kengashi tarkibiga raisning o‘rinbosarlari va ijrochi direktorini tasdiqlash ko‘rib chiqildi. Federatsiya raisi o‘rinbosarlari vazifasiga Andijon Davlat Tibbiyot instituti rektori Madaminjon Madazimov va Andijon Mashinasozlik instituti rektori Umidjon Turdialiyev hamda ijrochi direktorlikka O.Burxonov nomzodlari tasdiqlandi.

Ishchanlik ruxida, qizg‘in davom etgan yig‘ilishda, viloyatda voleybolni rivojlantirishdagi xato kamchiliklar aytib o‘tildi. 2024-yilda bajariladigan ishlar rejalashtirildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda mutasaddi tashkilotlar kelgusidagi vazifalar strategiyasini belgilab olib, dastur ishlab chiqish uchun kelishib oldilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech