26 Dekabr 2022 yil 317

Jalaquduq tumani IIB hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Xavfsiz hudud" maxsus-profilaktik tadbiri doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda

O‘tkazilayotgan "Xavfsiz hudud" maxsus-profilaktik tadbiri doirasida Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, aholi orasida is gazi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarni hamda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasini barvaqt oldini olish,uning farzandlar salomatligiga jiddiy xavf solishi va ushbu vositalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganlar uchun qonunchiligimizda belgilangan jazo choralari qo‘llanilayotganligi bo‘yicha aholi orasida tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

Hozirda bu kabi profilaktik ogohlantiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech