Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan yoshlarni giyohvandlik illati taʼsiriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining farmoyishiga asosan joriy yilning 1 fevral kunidan 1 mart kuniga qadar respublikamizda "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish" oyligi deb eʼlon qilindi.
Shunga asosan yoshlar o‘rtasida giyohvand vositalarini tarqatilishiga qarshi kurashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bu turdagi profilaktik ishlar bo‘yicha samarali ishlar tashkil qilinmoqda.
Xususan, Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan tuman xalq taʼlimi bo‘limiga qarashli 3-umumiy o‘rta taʼlim maktabida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatida yoshlarni giyohvandlik illati taʼsiriga tushib qolishlarini oldini olish yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi. Og‘u taʼsiriga tushib, umrini xazon qilganlarning achchiq qismati aks etgan videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, giyohvand moddalarning inson organizmi uchun zararlari va ushbu zaxri qotil uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari yuzasidan ham batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.
Hozirda bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati