18 Yanvar 2021 yil 966

Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan pul va tilla-taqinchoq o‘g‘rilari qo‘lga olindi          

2020 yil 13 yanvar kuni Jalaquduk tumani Qadaqsin MFYda yashovchi  fuqaro X.A tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, 12 yanvar kuni soat 09:00dan 17:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash xonadonida mavjud bo‘lgan  37.000.000 so‘m miqdoridagi pullar va 60.066.100 so‘mga teng tilla-taqinchoqlar nomalum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketganligini malum qilgan hamda ushbu yo‘qolgan buyumlarni topilishida amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida, fuqaro X.A.ning xonadonida sodir etilgan o‘g‘irlikni Jalaquduq tumanida yashovchi K.U va U.M.lar sodir etganligi aniqlandi. Fuqaro K.U.dan 13.475.000 so‘m pullar va 60.066.100 so‘mga teng tilla-taqinchoqlar, U.M.dan esa 8.400.000 so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech