Jalaquduq tumani IIBda joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 12-iyul kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.I.Fayzullayev raisligida, Jalaquduq tumani IIBda 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yo‘l qo‘yilgan xato va kamchilliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama yig‘ilishda barcha yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar chuqur tanqidiy tahlil qilinib, ichki ishlar bo‘limi xodimlariga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida aniq chora-tadbir belgilab berildi.
Yig‘ilish so‘ngida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi yuklatilgan majburiyatlarni namunali tarzda bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati