22 May 2023 yil 432

Jalaquduq tumanida yonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Jalaquduq tumani. Joriy yilning 28-aprel kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, A.Raxmonov mahallasi hududida M.Sh.ning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 0,52 gramm  “gashishgiyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech