Jalaquduq tumanida “Farzandingni ota-ona mehridan mahrum etma” shiori ostida sayyor qabul oʼtkazildi
Аndijon viloyatida oilaviy ajrimlarni oldini olish, oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda “Sogʼlom oila-sogʼlom jamiyat” gʼoyasini hayotga tatbiq etish, oilada sogʼlom va barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirish maqsadida, joriy yilning 1 avgustidan 1 sentyabrь kuniga qadar Аndijon viloyatida “Oilalarni mustahkamligini taʼminlash oyligi” eʼlon qilindi.
Shu munosabat bilan 12 avgust kuni Jalakuduk tumanida “Oilalarni mustahkamligini taʼminlash oyligi” doirasida “Farzandingni ota-ona mehridan mahrum etma” shiori ostida sayyor qabul oʼtkazildi. Sayyor qabulda viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash va viloyat Majburiy ijro boshqarmalari, Oʼzbekiston musulmonlar idorasi hamda tuman hokimligining masʼul vakillari ishtirok etdilar.
Sayyor qabul jarayonida jami 16 ta oila ishtirok etdi. Shundan 7 ta oila yarashtirildi, 2 ta oilaning kelishmovchiligi fuqarolik sudiga havola qilindi.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati