Jalaquduq tumanida sodir bo‘lgan avtohalokat bir fuqaroning umriga zomin bo‘ldi
2021 yil 6 iyul kuni soat 00:35 larda Jalaquduq tumanida yashovchi B.X o‘zining “Spark” rusumli avtomashinasini Tuyalas MFY hududida boshqarib borayotib, yo‘lning qatnov qismini velosipedda kesib o‘tayotgan Namangan viloyati, Chortoq tumanida yashagan S.S.ni urib yuborgan. Buning oqibatida S.S bosh qismidan og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Ammo unga kasalxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan shu yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda barcha haydovchilardan yo‘llarda harakatlanish paytida yana-da ehtiyot bo‘lishlarini va tezlikni oshirmasliklarini, piyodalardan esa o‘z majburiyatlarini unutmasliklarini so‘rab qolamiz!
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati