Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi
2021-yil 8-dekabr kuni soat 16:00larda Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi, DXX Jalaquduq tumani bo‘limi hamda Jalaquduq tumani IIB xodimlarining hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro T.Sh.ga tegishli bo‘lgan “Sobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda uning salon qismidan 10 dona qutida jami 480 blok, 4800 quti, 288 000 dona “Treniye” nomli protexnika mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar!
Noqonuniy ish bilan shug‘ullanayotgan kimsalarga albatta jazo muqarrar. Ammo bolalarni pirotexnika vositalaridan asrash hammamizning ishimiz. Ota-onalar oilada ogohlikni oshirishlari zarur. Mahallalarda ham bolalarning nima bilan mashg‘ul bo‘layotganini kuzatish, noqonuniy savdo qilayotganlar to‘g‘risida ichki ishlar organlariga xabar berish har bir fuqaroning burchi ekanligini unutmaylik.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati