5 Noyabr 2020 yil
882
"JAZAVADAGI GAI. NIHOYaT ANDIJON GAISINING VIDEOSI ChIQDI.. MANA SIZGA VIDEONI UDARI..." sarlavhali videolavha yuzasidan
2020 yil 02 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga "JAZAVADAGI GAI. NIHOYaT ANDIJON GAISINING VIDEOSI ChIQDI.. MANA SIZGA VIDEONI UDARI..." sarlavhasi bilan videolavha joylandi. Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida haydovchi va yo‘l-patrul xizmati xodimi o‘rtasidagi munozarali vaziyat aks etgan ushbu videolavhadagi barcha holatlar yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilyapti.
Mazkur videolavhadagi voqelikka to‘laligicha oydinlik kiritilib, qo‘shimcha axborot beriladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati