"Jinoyatdan holi shahar” zarbdor 10 kunligi doirasida Andijon shahrida yashovchi fuqaro marhum otasidan qolgan ov qurolini ixtiyoriy ravishda topshirdi
Jinoyatdan holi shahar” zarbdor 10 kunligi doirasida shu yilning 18 may kuni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida Andijon shahar G‘ayrat MFYda yashovchi fuqaro G‘aniyev Abdulxamid Abdusalamovich marhum otasi G‘aniyev Abdusalom yashagan uyning yerto‘lasidan 1 dona IJ-18 rusumli, 16 kalibrli, 1 quvirli, № K 95817 raqamli ov qurolini topib olib, o‘z ixtiyori bilan ichki ishlar xodimlariga taqdim qildi.
Shu o‘rinda ov qurollari saqlanishi tartib-qoidalarini yaxshi tushungan fuqarolarimiz qonunga rioya qilib, o‘z xohishlari bilan o‘qotar qurollarni davlat egaligiga topshirayotganligini ham alohida taʼkidlab o‘tishni o‘rinli deb bilamiz. Har bir yurtdoshimiz o‘z uyida noqonuniy tarzda ov quroli saqlanayotgan bo‘lsa, uni ichki ishlar idorasida ro‘yxatdan o‘tkazishi zarurligini unutmasligi kerak! Zero, qonunga rioya qilish, ehtiyotkorlik bir qancha ko‘ngilsizliklarning oldini oladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati