19 May 2021 yil 560

"Jinoyatdan holi shahar” zarbdor 10 kunligi doirasida Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda  

Andijon shahri hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida “Jinoyatdan holi shahar” zarbdor 10 kunligi doirasida  Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2021 yilning 18 may kuni Andijon shahri hududida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, bu boradagi tadbirlar samaradorligini yana-da oshirish, muntazam ravishda yo‘l harakati qoidalarini buzishga moyil bo‘lgan shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish orqali qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadida 54 nafar xodim xizmatga jalb etildi.

Tadbir davomida 3130 ta transport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi. Jami qoidabuzarliklar 337 ta tashkil etdi. Bular 105 ta transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish, 12 ta tegishli ruxsatnomasiz transport vositasini yon oynalarini qoraytirib olish, 28 ta tezlikni meʼyoridan oshirish, 8 ta svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmaslik, 11 ta piyodaga yo‘l bermaslik, 2 ta ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, shuningdek, 171 ta boshqa turdagi qoidabuzarliklar hisoblanadi.

Tadbir davomida 126 ta transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib kirildi. Bundan tashqari, 17 ta maktab, avtoturargoh hamda korxona va tashkilotlarda yo‘l-transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Mazkur yo‘nalishda hamkorlikda olib borilayotgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech