“Zo‘ravonlar qolib jabrdiydalar qamolmoqda. O‘z uyini himoya qilgan yigit qamalmoqda. Adolat qani???” sarlavhali videomurojaat yuzasidan
2021 yilning 22 iyun kuni “YouTube” ijtimoiy tarmog‘iga Zo‘ravonlar qolib jabrdiydalar qamolmoqda. O‘z uyini himoya qilgan yigit qamalmoqda. Adolat qani???” sarlavhali videomurojaat joylangan. Mazkur videomurojaatda aks etgan holatlar bo‘yicha Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganishlar olib borilib, quyidagilar maʼlum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, 2021 yil 24 aprel kuni soat 10:00 larda fuqaro Q.N Baliqchi tumani Yakkatol MFYdagi yashash xonadoni oldida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan fuqaro I.I va I.I bilan ariqdagi suvni to‘sib qo‘yganligi yuzasidan o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida Q.N qo‘lida bo‘lgan beshlik sopi bilan I.I va I.I.larning bosh qismiga urib tan jarohati yetkazgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirilganida bir dona yog‘och sopli beshlik tekshirib ko‘rishlik uchun olingan va sudga oid biologik ekspertiza tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 10 may kuni fuqaro Q.N.ga nisbatan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 2-qismi “a” va “m” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining 2021 yil 06 may kungi xulosasiga ko‘ra, I.I va I.I.larning olgan jarohatlari “og‘ir” tan jarohatlari doirasiga kirishligi aniqlangan.
Shunga ko‘ra, 2021 yil 06 iyun kuni jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandiga qayta malakalangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha Q.N.ga Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati